Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik tovar – pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi

Hunarmandchilik tovar – pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi

Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʼarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi. Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʼz hissasini qoʼshdi (toʼqish dastgohlari takomillashdi, 14-asr oʼrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʼlishi metallurgiyada jiddiy oʼzgarishlarga olib keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari hunarmandchilikning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi,…

Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʼarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi.

Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʼz hissasini qoʼshdi (toʼqish dastgohlari takomillashdi, 14-asr oʼrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʼlishi metallurgiyada jiddiy oʼzgarishlarga olib keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari hunarmandchilikning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, hunarmandchilikning koʼpgina sohalari tushkunlikka uchradi.

Sanoat toʼntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan fabrika, zavod mahsulotlari hunarmandchilik mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.

Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdoʼzlik, gilamchilik, zargarlik, oʼymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi.

Author: Uyushma axborot xizmati