Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkentning duxoba do‘ppisi haqida

Toshkentning duxoba do‘ppisi haqida

Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to‘qilgan gilam do‘ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumaloq shaklli piltado‘zi do‘ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo‘nalgan, qaviq choklari esa…

Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi

Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to‘qilgan gilam do‘ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumaloq shaklli piltado‘zi do‘ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo‘nalgan, qaviq choklari esa qovurg‘ali yuzani hosil qiladi.

Buxoro zardo‘zlarining zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi («Yulduz», «Tovus» va boshqa) do‘ppilari badiiy jihatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirg‘a parchadan 4 karjli (karjlari o‘zaro qora hoshiya yo‘llar bilan bo‘lingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) do‘ppisi va boshqa do‘ppilar jozibali qilib tayyorlanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati