Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Tarixga nazar tashlab

Tarixga nazar tashlab

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi. Turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʼymakorlik, kashtadoʼzlik, koʼnchilik, tikuvchilik, toʼquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʼzlik, boʼyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning…

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi.
Turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʼymakorlik, kashtadoʼzlik, koʼnchilik, tikuvchilik, toʼquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʼzlik, boʼyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.

Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda toʼqimachilik, sifatli xomashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri koʼp yerda toʼqimachilik va koʼnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʼrmonlar koʼp yerda yogʼochsozlik, maʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʼylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan.

Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning 3 turi shakllangan:
Uy hunarmandchiligi;
Buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik;
Bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik.

Author: Uyushma axborot xizmati