Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki ko‘magida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va…

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki ko‘magida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari, ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevocita ishtirok etishlari, shuningdek boy ko‘ngilochar dasturni tomosha qilishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 300 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik va hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida mahorat darslari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazma-savdo mehmonlari yurtimizning mashhur hunarmandlarining mahorat darslarida qatnashib, o‘z qo‘llari bilan loydan ko‘za yasab ko‘rdilar, ipakdan mato to‘qililar, do‘ppiga naqsh berib yeo‘rib beshik yasashda ishtirok etdilar.

“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi davomida biznes vakillari hunarmandlar bilan foydali shartnomalar tuzdilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati