Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Usta-shogird an’analari asosidagi o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar jalb qilindi

Usta-shogird an’analari asosidagi o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar jalb qilindi

Ish bilan band bo‘lmagan aholini hunarga o‘rgatish orqali qo‘llab -quvvatlash,  “temir daftar”ga kirgan fuqarolarni hunarmandchilikka jalb qilish bilan kambag‘allikdan chiqarish va farovon yashashiga erishish, turli millat vakillarining bandligini ta’minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida hunarmandchilikning kashtachilik va tikuvchilik turlari bo‘yicha usto-shogird an’analari asosidagi o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga ish bilan band bo‘lmagan…

Ish bilan band bo‘lmagan aholini hunarga o‘rgatish orqali qo‘llab -quvvatlash,  “temir daftar”ga kirgan fuqarolarni hunarmandchilikka jalb qilish bilan kambag‘allikdan chiqarish va farovon yashashiga erishish, turli millat vakillarining bandligini ta’minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida hunarmandchilikning kashtachilik va tikuvchilik turlari bo‘yicha usto-shogird an’analari asosidagi o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar, jumladan boshqa millat vakillari jalb qilindi.

Joriy yil 21 sentyabr kuni “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sanobar Madaminova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bo‘zatov tuman bo‘limi boshlig‘i I.Palibekova hamda tuman bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi ishtirokida o‘tkazilgan seminar-uchrashuvga 20 nafardan ortiq ishsiz ayollar taklif etildi.

Mazkur uchrashuvda xotin-qizlarga hunarmandchilik sohasiga berilgan imtiyozlar, uning afzalliklari to‘g‘risida tushuncha berildi hamda hunarmandchilikka oid ko‘nikmalarni shakllantirishga oid o‘quv kurslariga taklif qilindi. Xotin-qizlarning 10 nafari kashtachilik va 10 nafari tikuvchilik kurslarida tahsil olish istagini bildirishdi.

Seminar-uchrashuvdan so‘ng xotin-qizlar hunarmandlar ustaxonasiga tashrif buyurib, hunar o‘rganishni boshlashdi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati