"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi

“Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim bo‘lgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz.  Sizlarga ma’lumki, ko‘p ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi bo‘lgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham o‘zlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr…

“Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim bo‘lgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz. 

Sizlarga ma’lumki, ko‘p ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi bo‘lgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham o‘zlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shib kelganlar.

Biz o‘tmishni yodga olar ekanmiz, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz, jahongir bobolarimiz qatorida, mana shunday buyuk insonlarni dunyoga keltirib, mehr bilan tarbiyalagan, ularni ulug‘vor ishlarga ruhlantirib, har bir ishda kamarbasta bo‘lgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz”, – dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

[bvi]