Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > XATTOT NURIA GARSIA MASIP

XATTOT NURIA GARSIA MASIP

Ispaniyaning Ibiza shahrida tug‘ilgan Nuria Garsiya Masip bolaligi Ispaniya va AQSH o‘rtasida o‘tgan. 1999yilda universitetda adabiyot va falsafa bo‘yicha tahsil olgach, Marokashga safar qildi va u yerda islom san’ati – xattotlik bilan qiziqdi. Vashingtonga qaytgach, xattot Muhammad Zakariyodan rik’a, sulus va nash yozuvlarini o‘rganib,Istanbulga keladi. U yerda Hasan Chalabiy va Dovut Bektoshlardan ilm oladi. U…

Ispaniyaning Ibiza shahrida tug‘ilgan Nuria Garsiya Masip bolaligi Ispaniya va AQSH o‘rtasida o‘tgan.

1999yilda universitetda adabiyot va falsafa bo‘yicha tahsil olgach, Marokashga safar qildi va u yerda islom san’ati – xattotlik bilan qiziqdi. Vashingtonga qaytgach, xattot Muhammad Zakariyodan rik’a, sulus va nash yozuvlarini o‘rganib,Istanbulga keladi. U yerda Hasan Chalabiy va Dovut Bektoshlardan ilm oladi.

U Sorbonna universitetida san’at tarixi bo‘yicha magistr darajasiga ega, xalqaro xattotlik tanlovlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Ijodiy ishlari shaxsiy va muzey kolleksiyalarida saqlanadi. Xattotlik san’atini jahon miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab seminarva konferensiyalar tashkilotchisi.Nuriya hozirda Parijda yashab, u yerda dars beradi.

Ijodiy ishlarini https://nuriaart.com/ veb-saytida tanishishingiz mumkin. “Jahon hunarmandlari” turkumidan

Muhammad (s.a.v.)ning sifatlari yozilgan xattotlik ishi (xattot – Nuriya Garsiya Masip)

Author: Uyushma axborot xizmati