Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari!

Sizlarni joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahri Yunusobod tumani “Sayilgoh” ko‘chasida o‘tkaziladigan “Toshkent suvenirlari” nomli xalq hunarmandchiligi maxsulotlari Respublika ko‘rgazma- savdosiga taklif etamiz. “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik, kashtachilik va hunarmandchilikning boshqa…

Sizlarni joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahri Yunusobod tumani “Sayilgoh” ko‘chasida o‘tkaziladigan “Toshkent suvenirlari” nomli xalq hunarmandchiligi maxsulotlari Respublika ko‘rgazma- savdosiga taklif etamiz.
“Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik, kashtachilik va hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida mahorat darslari bilan ishtirok etadi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, buxorolik kulol Alisher Narzullayev, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan 20 nafardan ortiq kulollar, ular orasida mashhur kulol akademik Sharofiddin Yusupov, Alisher Nazirov, navoiylik xalqaro festivallar g‘olibi kashtado‘z Feruza Omonova, surxondaryolik qo‘lda gilam to‘quvchi usta Shohida Hasanova, qashqadaryolik kashtado‘z Yulduzoy Mamadiyorova, Toshkent viloyatidan Somondan moʻjiza yaratgan iste’dod sohibi, somon ustasi Jasur Jumayev, yog‘och o‘ymakori Behzod Madraimov, o‘yinchoq ustasi Arofat Yo‘ldosheva, toshkentlik mashhur o‘yinchoq ustasi Nasiba Ahmedova, yog‘och o‘ymakori Akmal Azlarov , Mirsaid Nig‘matov, miniatyura rang tasvir, naqqoshli va bo‘yoqli naqshlar ustasi Kamoloddin Abdullayev, misgar Oyatilla Madaliyev singari taniqli hunarmandlar o‘zlarining eng sara mahsulotlari bilan qatnashib, mahorat darslarini namoyish etadilar.

Author: Uyushma axborot xizmati