Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Surxondaryoda tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullayev ham ishtirok etdi

Surxondaryoda tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullayev ham ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Uchrashuvda Davlatimiz rahbari – Yangi Oʼzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʼladi, – deya taʼkidladilar.
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan oʼtkazgan uchrashuvida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yosh avlodning muammolarini oʼrganish, fikr va takliflarini eshitish, tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolovning voha yoshlari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Joriy yilning 20 fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Marvarid” sihatgohida tuman yoshlari vakillari bilan oʼtkazilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev ishtirok etdi.
Viloyat hokimi va “Hunarmand” uyushmasi raisi dastlab yosh hunarmandlar mahsulotlari koʼrgazmasi, ixtirochi yoshlar taqdimotlari bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi. Yoshlarning orzu-maqsadlari bilan qiziqib, taklif va mulohazalarini eshitdi.
Shundan soʼng “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan bevosita muloqot avvalida hozirgi kunda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, taʼlim olish va kasb-hunar egallashdagi qulayliklar, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish, yoshlarni hunar oʼrganishga keng jalb etish orqali ularning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida soʼz yuritildi.
Uchrashuvda Termiz tumanidan faoliyat olib borayotgan hunarmand Matluba Rahmatova hunarmandchilik yoʼnilishida kredit olish uchun oʼtgan yilning noyabr oyidan beri ovora boʼlayoganligi haqida murojaat qildi. “Hunarmand” uyushma raisi ushbu masalani oʼrganib, viloyat “Halq banki”ning viloyat rahbariga eʼtirozini bildirdi va shu kunning oʼzida bu masala hal qilindi yaʼni tijorat banki tomonidan yosh hunarmand Matluba Rahmatovaga kredit mablagʼi ajratildi.
Termiz Davlat Universiteti dizayn va milliy kashtachilik yoʼnalishida taʼlim olayotgan talabasi Gulsara Sattorova tomonidan milliy liboslar yaratganini va “Boysun bahori” ochiq folklor festivalida oʼz toʼplamlari bilan ishtirok etishida yordam soʼradi. “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Аbdullaev bu masalada amaliy yordam berishligini taʼkidladi va joriy yilning aprel oyida Gulsara Sattorova chet elda oʼtkaziladigan koʼrgazmada uyushma hisobidan yuborilishini bildirdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif, istaklari va muammolari tinglandi. Xususan, yosh hunarmand Nurbek Sodiqovning usta-hunarmandlar uchun zarur xomashyo taʼminoti, TerDU talabasi Sevara Toshmurodovaning viloyatda poytaxtdagi mohir dizaynerlarning mahorat darslarini tashkil etish va boshqa yoshlarning turli masalalarga oid murojaatlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Har bir murojaatning natijasi doimiy nazoratda boʼlishi qayd etildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati