Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor

Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor

Prezident mavzuni davom ettirdi: “Konstitusiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur.  Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor.  Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitusiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim.  Ya’ni, sudning qarorisiz hech…

Prezident mavzuni davom ettirdi:

“Konstitusiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur. 

Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan mashhur bo‘lgan muammo bor. 

Bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitusiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim. 

Ya’ni, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. 

Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensasiya to‘lanishi shart.

Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitusiyada qat’iy belgilanishi darkor”.

Author: Uyushma axborot xizmati