Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro viloyati > Gʼijduvonda yosh hunarmandlar koʼrgazmasi tashkil etildi

Gʼijduvonda yosh hunarmandlar koʼrgazmasi tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yoʼnalishida belgilangan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratib berish chora-tadbirlar yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hududlarda yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish borasidagi amaliy ishlarga keng eʼtibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyati Gʼijduvon tumanida yosh hunarmandlar koʼpchilikni tashkil etadi. Ular avloddan-avlodga oʼtib saqlanib kelayotgan anʼanaviy hunarmandchilikni ham oʼrganmoqdalar. Shu bilan birga tengdoshlarini ham hunarmandchilikka jalb etish maqsadida turli koʼrgazmalarda oʼzlari ishlab chiqarayotgan hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etadilar.
Joriy yilning 13 fevralь kuni Gʼijduvon tumani hokimligi binosida tumanda hunarmandchilik faoliyati bilan shugʼullanayotgan yosh hunarmandlarning koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazmada yosh hunarmandlar oʼzlari ishlab chiqargan hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etdilar.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati