Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Islimiy naqsh bilan bezatilgan panno (K.Abdullayev, Toshkent)

Islimiy naqsh bilan bezatilgan panno (K.Abdullayev, Toshkent)

Islimiy naqsh – o‘simliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy naqsh bir-biriga uzluksiz ulanib, o‘ralib ketadigan chirmovuqsimon, o‘simliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Islimiy naqsh qaysi shakl bilan to‘ldirilsa, naqsh shu shaklning nomi bilan ataladi (islimiy barg, islimiy bargak, islimiy bofta, islimiy gul, islimiy zanjira, islimiy…

Islimiy naqsh – o‘simliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy naqsh bir-biriga uzluksiz ulanib, o‘ralib ketadigan chirmovuqsimon, o‘simliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi.

Islimiy naqsh qaysi shakl bilan to‘ldirilsa, naqsh shu shaklning nomi bilan ataladi (islimiy barg, islimiy bargak, islimiy bofta, islimiy gul, islimiy zanjira, islimiy madohil, islimiy mehrob).

Ushbu naqshning hunarmandlik rivojlangan shaharlar nomlari bilan atalgan xillari ham bor: Isfahoni Islimiy, arabi Islimiy, Mashhadi Islimiy va boshqa.

Islimiy naqsh hunarmandchilikning ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, miskarlik, zardo‘zlik, kulolchilik, gilamchilik, miniatyura, kashtado‘zlik kabi yo‘nalishlarida foydalaniladi.

Author: Uyushma axborot xizmati