Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Namangan viloyatida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka»si tashkil etildi

Namangan viloyatida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka»si tashkil etildi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Namangan viloyatida barcha 11 ta tumanlar va Namangan shahrida Temir daftarga kiritilgan, kam ta’minlangan fuqarolarning mehnat bilan band bo‘lmagan oila a’zolarini ishga joylashtirilishiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi.

 Mehnat yarmarkada viloyatning barcha hududlarida joylashgan davlat hamda nodavlat tashkilotlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

“Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyat boshqarmasi,  tuman, shahar bo‘limlari ham ishtirok etib hunarmandchilikning daromad manbai ekanligi, hunar orqali bandlikni ta’minlash hamda uning afzallik tomonlarini tushuntirishdi. Uyushmaning Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jahongir  Valiyevning ta’kidlashicha yarmarkada hunarmandchilikning imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar usta-shogird maktablari hamda hunarmandchilikning yo‘nalishlari  tushuntirildi.

Yarmarkaga  1300 dan ortiq temir daftar ro‘yxatga kiritilgan fukarolar ish bilan ta’minlandi.  Ular orasida hunarmandchilikka qiziqib, uyushmaga a’zo bo‘lish va hunar o‘rganish istagi bor fuqarolar ham bor.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati