Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi va “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting! 2023 yilning 11-18 fevral kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti xam o‘tkaziladi. Ko‘rgazma doirasida 11 fevral kuni soat 10.00 da “Xattotlik…

“Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi va “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting!

2023 yilning 11-18 fevral kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti xam o‘tkaziladi. Ko‘rgazma doirasida 11 fevral kuni soat 10.00 da “Xattotlik san’atining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi gibrid tarzida o‘tkaziladi.

Markazy studiya Fotochilar uyida oflayn tarzda, xududlarlardan ishtirok etuvchilar onlayn tarzda qatnashadilar. Tadbir mamlakatimizda xattotlik va miniatyura san’atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi hamda ilmiy-amaliy konferensiya Respublika “Hunarmand” uyushmasining internetdagi You tube ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn e’tiboringizga havola etiladi. Shuningdek, Zoomdasturi orqali ulanish imkoniyati yaratiladi. Zoom dasturi havolasi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali taqdim etiladi. Tadbirlarda onlayn ishtirok etib, savollaringizni berishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring!

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati