Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > Hindistondagi xalqaro festivalda O‘zbekiston hunarmandchiligi namoyish etilmoqda

Hindistondagi xalqaro festivalda O‘zbekiston hunarmandchiligi namoyish etilmoqda

Hindistonning Xaryana shtatida “Surajkund International Crafts Mela” 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etilishicha, mazkur festivalda hunarmand, qo‘shiqchi va sozandalardan tashkil topgan O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etmoqda va mamlakatimizning turizm salohiyati, boy hunarmandchiligi va madaniyatini targ‘ib qilmoqda. Festivalda har yili Hindistonning barcha mintaqalari va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar…

Hindistonning Xaryana shtatida “Surajkund International Crafts Mela” 36-Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Qayd etilishicha, mazkur festivalda hunarmand, qo‘shiqchi va sozandalardan tashkil topgan O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etmoqda va mamlakatimizning turizm salohiyati, boy hunarmandchiligi va madaniyatini targ‘ib qilmoqda. Festivalda har yili Hindistonning barcha mintaqalari va dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari vakillari, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy fuqarolar ishtirok etadi.

Mazkur tadbir hunarmandchilik sohasidagi dunyodagi eng yirik festival-yarmarkalardan biri sanaladi. “Surajkund International Crafts Mela” 36-Xalqaro hunarmandchilik festivalida O‘zbekiston pavilioniga mahalliy va xorijlik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lagan hunarmandlarning hunarmandchilik mahsulotlari turistlarni befarq qoldirmayapti. Festival joriy yilning 20 fevraliga qadar davom etadi.

Author: Uyushma axborot xizmati