Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan viloyatida kasb-hunarga o‘qitish markazi ochildi

Namangan viloyatida kasb-hunarga o‘qitish markazi ochildi

Namangan viloyati Namangan tumani “Olaxamak” MFYda kasb-hunarga o‘qitish markazi foydalanishga topshirildi. Monomarkazda 17 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Markazni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi tashabbusi ko‘magi bilan tashkil etildi. Amaliyotga asosiy e’tibor qaratilgan ushbu o‘quv markazida bir vaqtda 648 nafar ishsiz fuqaroni kasbga o‘qitish imkoniyati mavjud. O‘quvchilar 3…

Namangan viloyati Namangan tumani “Olaxamak” MFYda kasb-hunarga o‘qitish markazi foydalanishga topshirildi. Monomarkazda 17 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Markazni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi tashabbusi ko‘magi bilan tashkil etildi. Amaliyotga asosiy e’tibor qaratilgan ushbu o‘quv markazida bir vaqtda 648 nafar ishsiz fuqaroni kasbga o‘qitish imkoniyati mavjud.

O‘quvchilar 3 oylik kurslarda kasbiy ta’lim olishadi. Nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida stipendiya ham beriladi. Viloyatimizda ham xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar olishga ko‘maklashish borasida bugungi foydalanishga topshirilayotgan maktab ham katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Author: Uyushma axborot xizmati