Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev 27-fevral Yangiariq tumanidagi Kulolchilik markazida hunarmandlar bilan uchrashdi

Uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev 27-fevral Yangiariq tumanidagi Kulolchilik markazida hunarmandlar bilan uchrashdi

“Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev 27-fevral Yangiariq tumanidagi Kulolchilik markazida hunarmandlar bilan uchrashdi. Aytish lozimki, ushbu markazda 9 nafar usta hunarmandlar faoliyat olib boradi, ularning 3 nafari ayollar hunarmandlardir. Shuningdek, 70 nafar shogirdlar usta-shogird an’analari asosida hunarmandchilikning kulolchilik faoliyatida hunar o‘rganib ish olib bormoqdalar. Uyushma rahbari hunarmandlar bilan suhbatlashib, 2024 yilning aprel oyida ushbu markazda…

“Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev 27-fevral Yangiariq tumanidagi Kulolchilik markazida hunarmandlar bilan uchrashdi. Aytish lozimki, ushbu markazda 9 nafar usta hunarmandlar faoliyat olib boradi, ularning 3 nafari ayollar hunarmandlardir. Shuningdek, 70 nafar shogirdlar usta-shogird an’analari asosida hunarmandchilikning kulolchilik faoliyatida hunar o‘rganib ish olib bormoqdalar.

Uyushma rahbari hunarmandlar bilan suhbatlashib, 2024 yilning aprel oyida ushbu markazda kulolchilik ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish bo‘yicha gaplashdi. Shuningdek, hunarmandlar o‘z faoliyatlari davomida uchrayotgan muammo va takliflarni ham gapirdilar. Muammolardan biri markazga alohida Transformator (— bu pas kuchlanishni yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik apparat) o‘rnatish taklifini berishdi.Ulug‘bek Abdullayev yil yakuniga kadar ushbu muammoni yechimi kilib berishligi haqida tushuntirdi.

Shuningdek, markazga qo‘shimcha kulolchilikka ixtisoslashgan asbob uskunlar olish kerakligi muammosi bildirildi. Bu muammoni yechimi to‘g‘risida viloyat boshqarma boshlig‘i Ilxom Bobojonovga kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirish topshirig‘i berildi. Aytish kerakka, ushbu markazdan nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklanganlarni hunarga jalb qilish bo‘yicha kulol Iroda Sa’dullayev ish olib boradi. Ikkita xona ajratilgan. Hozirgi kunda 7 nafar imkoniyati cheklanganlarga hunar turi o‘rgatilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati