Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Shular qatorida yashash uchun zarur resurslar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar bilan ta’minlanish, majburiy mehnatga taqiq qo‘yish ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi

“Shular qatorida yashash uchun zarur resurslar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar bilan ta’minlanish, majburiy mehnatga taqiq qo‘yish ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi

Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz tashlab qo‘yilmaydi. Ijtimoiy davlatda inson qadri deganda, avvalo, fuqaroni yashash uchun zarur uy-joy bilan ta’minlashni tushunamiz.  Bizning xalqimiz uchun uy-joy – bu Vatan ichra kichik vatandir.  Insonning dunyoga kelishi, shaxs sifatida kamol topishi, farzandlarni voyaga yetkazish, milliy urf-odat va tarixiy…

Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz tashlab qo‘yilmaydi.

Ijtimoiy davlatda inson qadri deganda, avvalo, fuqaroni yashash uchun zarur uy-joy bilan ta’minlashni tushunamiz. 

Bizning xalqimiz uchun uy-joy – bu Vatan ichra kichik vatandir. 

Insonning dunyoga kelishi, shaxs sifatida kamol topishi, farzandlarni voyaga yetkazish, milliy urf-odat va tarixiy an’analarni davom ettirish, to‘ylar qilish aynan uy-joyda amalga oshiriladi. 

Farzand tug‘ilsa, yaxshi niyatlar bilan odamlarimiz hovlisiga ko‘chatlar ekib, shu uy, shu bog‘ ko‘p yillar avlodlarimga xizmat qilsin, deb ezgu niyatlar qiladi.

Shu bois uy-joyli bo‘lish, uning daxlsizligini ta’minlash har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz”.

Author: Uyushma axborot xizmati