Press-reliz

2021 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan grant loyihalari, hunarmandchilik markazlari, ko‘rgazma tadbirlar hamda Uyushma qoshida tashkil etilgan «Craft and art» MCHJ xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar haqida matbuot anjumani tashkil etiladi. Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va…

2021 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan grant loyihalari, hunarmandchilik markazlari, ko‘rgazma tadbirlar hamda Uyushma qoshida tashkil etilgan «Craft and art» MCHJ xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar haqida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 5 yilda hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi, shuningdek bu borada qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi. Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soni 4 barobarga oshdi. Sohada yaratilgan ish o‘rinlari soni 5 barobarga ortib, 236,8 mingtani tashkil etmoqda.

Matbuot anjumanida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan grant loyihalari haqida ommaviy axborot vositalariga axborot berildi.Jumladan,joriy yilda “Hunarmand” uyushmasi bir qator mahalliy va xorijiy grant loyihalari ustida ish olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)bilan hamkorlikda Xiva shahrida “Nurillaboy” tarixiy majmuasida 10 ta qadimiy hunarmadchilik turini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazini tashkil etdi. Yog‘och o‘ymakorligi,chinni, fayans va sopol buyumlari, qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari, kandakorlik, misgarlik buyumlari, qo‘lda gilam to‘qish, milliy liboslar tayyorlash, kashtachilik, miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va bo‘ѐqli naqshlar, musiqa asboblari hunar turlarida markazga jalb etilgan har bir hunarmandlar hohishiga ko‘ra kerakli mahsulotlar xomashyo ko‘rinishida 100 mln so‘m miqdorida sotib olib berildi. Ushbu loyihaning maqsadi yo‘qolib borayotgan hunarmandchilik turlarini qayta tiklash hamda yosh avlodga o‘rgatishdan iborat.

Sudiya Arabistonining “Alwaleed Philanthropies” tashkilotining grant mablag‘lari hisobidan Tuproqqal’a tumani “Sarimoy” qishlog‘ida gilamchilik markazini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi “Alwaleed Philanthropies” tashkiloti bilan  ikki tomonlama kelushuvga erishildi. Loyihaning umumiy qiymati 150 000 AQSH dollar bo‘lib, birinchi bosqich uchun 50 000 AQSH dollar miqdoridagi mablag‘ uyushma hisob raqamiga o‘tkazildi. Hozirgi kungacha markazga ayollarni o‘qitish uchun kerakli jihozlar sotib olindi. Shuningdek, ip yigirish va gilam to‘qish bo‘yicha mutahassislar taklif qilinib, 30 nafar ayollar va yoshlarga 10 kunlik seminar-treninglar o‘tkazildi. Hozirgi paytda “Sarimoy” qishlog‘ida joylashgan markaz faoliyatini kengaytirish va qish faslida hunarmandlarga sharoit yaratish maqsadida binoni kapital ta’mirlash ishlari  boshlangan. Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi ishsiz ayollar va yoshlarga gilamchilik sirlarini o‘rgatish orqali ularning daromad manbaini yaratish. Loyiha yakunida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar galereyasi tashkil qilinadi hamda ushbu markaz turistik yo‘nalishga kiritiladi.

“Hunarmand” uyushmasi Britaniya Kengashi va Lester universitetlari bilan ham hunarmandchilik va dizayn yo‘nalishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2020 yil may oyida 846 nafar hunarmand, 2021 yil aprel oyida 1100 dan ortiq hunarmandlar bilan koronavirus pademiyasining hunarmandlarga ta’siri bo‘yicha onlayn so‘rovnomalar o‘tkazildi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan joriy yilda hunarmandchilik markazlari, ko‘rgazma tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalariga ma’lumot berildi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilda yoshlar va ayollarnini hunarmandchilikka o‘rgatishda “Usta-shogird” maktablarini ko‘paytirish hamda tuman (shahar)larda “Hunarmandchilik markazlari” tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida “Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil qilish vazifasi belgilandi. Farmonga ko‘ra, “Hunarmandchilik markazlari” ikki qavatli ko‘rinishda qurilib, birinchi qavatda hunarmand ustaxonasi va savdo do‘koni, ko‘rgazma zallari joylashadi. Ikkinchi qavatida esa hunarmandlar yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozim edi.  

“Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etishdan maqsad, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatish. Bu markazlar turistik hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurilgan, mehmonlar topishi oson bo‘lishi inobatga olingan. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi. “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-sonli Farmon tasdiqlangunga qadar yurtimizda 17 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020 yil yakuniga qadar 31 taga ko‘paydi. Respublikamizning barcha viloyatlarida hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

2021 yil jami 18 ta Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

2021-2022 yillarda respublikamizda jami 42 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazini quribbitkazish rejalashtirilgan. “Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etish “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan aholi vakillariga hunar o‘rganish, bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini realizasiya qilishda ko‘maklashish va onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish maqsadida www.uzcrafts.com va www.uzcraft.shopsettings.com internet magazinlari, www.youngcrafters.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) UzCraft.com kanal va guruhlari, Yebay va ETSY(AQSH) xalqaro onlayn savdo maydonchalarida Uzbek Craft and Art savdo do‘konlari tashkil etilib,onlayn savdo bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar soni 200 nafarga yetib, jami sayt va kanallarda hunarmandchilikning o‘ndan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha 6 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari joylashtirildi. Bugungi kunda onlayn savdoning umumiy qiymati 600 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

2021 yilning uchinchi yarim yilligida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida bir nechta savdo uylari, hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘konlari hamda yirik savdo markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish hamda hunarmandlaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash orqali MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga kulolchilik mahsulotlari 3 mln. 280 ming, kashtachilik va zardo‘zlik mahsulotlari 980 ming, yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari 1 mln 20 ming, gilamchilik va qo‘lda to‘qilgan gazlama mahsulotlari 990 ming va boshqa turdagi  hunarmandchilik mahsulotlari 1 mln. 450 ming, jami 7 mln. 720 ming AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.

O‘zbekistonning Turkiya (100 mln. so‘m), Xitoy (78 mln. so‘m), Fransiya (97 mln. so‘m), Belgiya (97 mln. so‘m), Indonziya (62 mln. so‘m), Rossiya (Qozon) (32 mln. so‘m), Qozog‘iston (97 mln. so‘m), Angliya (49 mln. so‘m), davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarida shou-rumlar tashkil etish uchun jami 612 mln. so‘mlik hunarmandchilik mahsulotlari jo‘natildi.

Xozirda Malayziya, Italiya, Xindiston, Latviya davlatlaridagi diplomatik vakolathonalarga jo‘natish 350 mln.so‘mlik hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanmoqda. 

Shuningdek, Latviyadagi O‘zbekiston Savdo uyi uchun hunarmandchilik mahsulotlari ro‘yhati shakllantirilgan bo‘lib xozirda 120 mln. so‘mlik mahsulotlar tayyorlandi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilda davomida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan respublika, viloyat, tuman va shaharlarda 100 dan ortiqko‘rgazma-savdo yarmarkalari,festivallar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib, ushbu tadbirlarda jami 6594 nafarhunarmandlar hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etdi.Shuningdek, joylarda 11 nafarusta-hunarmandlar tomonidan 128 nafaryosh yigit qizlarga o‘z ustaxonalarida “Mahorat darslari” va o‘quv kurslaritashkil etilib, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan diplom va sertifikatlar topshirildi.

Jumladan, 2021 yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun Toshkent shahrining Yashnabod tumani Davlat xizmatlari agentiligi binosida hunarmand Qamariddin Jo‘rayev tomonidan “Novdalardan buyumlar to‘qish” yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar, Olmazor tumanidagi mohir hunarmand Ra’no Tadjibayeva o‘z ustaxonasida “Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar” yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar, Xorazm viloyati Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi kulollar sulolasi vakili,yosh hunarmandOg‘abek Raximov va Sevara Raximovalar o‘z ustaxonalarida 16 nafar, hamda Farg‘ona viloyati Rishton tumani Madaniyat saroyida Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi ro‘yxatiga kiritilgan usta-kulolShuhratjon Yuldashev va milliy liboslar ustasi Dilobarxon Obidovalar hunarmandchilikka qiziqgan 15 nafar yosh yigit va qizlarga mahorat darslari va o‘quv kursslari tashkil etib, usta-shogird an’anasini davom ettirgan holda, jami 56 nafar yosh yigit va qizlarga Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan diplom va sertifikatlar topshirildi.

Rossiya Federasiyasi Moskva shahridagi “Gostinыy dvor” ko‘rgazma markazida Toshkent shahridan hunarmand Yakubova Firuza o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi.

“Mahallalarda milliy qadiryatlirni mustahkamlash xaftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadidi “Mahalla – jamiyatimzning yorug‘ yuzi va vijdon ko‘zgusi” g‘oya ostida ko‘rgaz-savdo yarmarkalarida 300 nafardan ziyod hunarmandlar ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi “Navro‘z” etnografik bog‘ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi xayriya tadbirida barcha viloyatlardan 40 nafar, Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida Respublikaning barcha viloyatlari, shahar va tumanlarida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivalida tashkil etilgan ko‘rgazma-savdo yarmarkalarida jami 3000 nafardan ziyod, Buxoro viloyati Buxoro shahrida 3 kun davom etgan XIX an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalida 200 nafardan ziyod, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi ishbilarmonlari ishtirokida Biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazma-savdosida 100 nafardan ziyod hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ko‘rgazma-savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Matbuot anjumani so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand”  uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati