Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ikkinchi yo‘nalish – Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlashni taklif etaman

“Ikkinchi yo‘nalish – Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlashni taklif etaman

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Ikkinchi yo‘nalish – Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlashni taklif etaman.  Chunki “inson qadri” tushunchasi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Ijtimoiy davlat – ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo‘yicha samarali siyosat olib boradigan davlat modelidir.  Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining eng kam…

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Ikkinchi yo‘nalish – Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlashni taklif etaman. 

Chunki “inson qadri” tushunchasi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.

Ijtimoiy davlat – ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo‘yicha samarali siyosat olib boradigan davlat modelidir. 

Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi. 

U shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratishni talab qiladi. 

Shu bilan birga, ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir”.

Author: Uyushma axborot xizmati