"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Sulola” ruknida mashhur hunarmand Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich faoliyati bilan tanishtiramiz

“Sulola” ruknida mashhur hunarmand Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich faoliyati bilan tanishtiramiz

Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich 1990 yilda 4-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, shu yili Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumiga o‘qishga kirib, uni 1993 yili texnikumini tugallagan, so‘ngra Marg‘ilon shahridagi “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining to‘quvchilik syexiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kirgan. Mehnat faoliyatida tashkilotchiligi va fidoiyligi tufayli tez orada oddiy ishchilikdan “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining yigiruv syexiga, 1997 yilgacha boshchilik qilgan….

Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich 1990 yilda 4-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, shu yili Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumiga o‘qishga kirib, uni 1993 yili texnikumini tugallagan, so‘ngra Marg‘ilon shahridagi “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining to‘quvchilik syexiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kirgan. Mehnat faoliyatida tashkilotchiligi va fidoiyligi tufayli tez orada oddiy ishchilikdan “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining yigiruv syexiga, 1997 yilgacha boshchilik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi 1741-sonli “Milliy Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish” to‘g‘risidagi Farmonidan bahramand bo‘lib, “Hunarmand” uyushmasining Marg‘ilon shahar bo‘limiga a’zo bo‘lgan va mustaqil hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan.

R.Mirzaaxmedovning doimiy izlanuvchanligi va qadimiy an’anaviy matolarni tiklashdagi hizmatlarini inobatga olib, 2005 yilda YuNESKO Halqaro tashkilotining Toshkent vakolatxonasi uni hunarmandchilik masalalari bo‘yicha mutahassis lovozimiga ishga taklif etgan. Shundan so‘ng YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi yo‘llanmasi bilan u Xivaga Xorazmning “Turma-belbog‘” va “Alacha” matolarini qayta tiklash va to‘qimachilik maktabi tashkil etishga yuborildi.

Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”da Alloqulixon madrasasida o‘zining hunarmandchilik maktabini tashkil qilib, 20 dan ortiq shogird tayyorladi va 5000 metrdan ziyod qayta tiklangan mato ishlab chiqardi. 2006 yildan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Boysun hunarmandlari markazi”dagi to‘qimachilik ustaxonasida Boysunning “Janda” va “Tik” mato nushalarini, gilamchilik ustaxonasida “Oq-en” va “Taqir” gilam nusxalarini, kashtachilik ustaxonasida Boysunga xos dizaynlar asosida tabiiy ranglarda “So‘zana”, “Oyna xalta”, “Bo‘g‘joma”, “Zardevor” kabi kashtalarni tiklashda qatnashdi va u tomonidan ushbu markazda 38 ish o‘rinlari yaratildi.

2007 yil mart oyidan Marg‘ilon shahridagi Said Ahmad xoja eshon madrasasida ana’naviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirish uchun “Milliy Hunarmandchilik markazi”ni tashkil etishga kirishdi va u bu yerda to‘quvchilik, gilamchilik, chitgarlik va kashtachilik ustaxonalari yo‘lga qo‘yib, 52 ishchi o‘rinlari yaratdi. Bundan tashqari bu yerda ayni kunlarda “Usta-shogird” maktabini ham tashkil qilib, yoshlarga milliy hunarmandchilik sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

[bvi]