Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > R.Mirzaaxmedov tomonidan yozilgan “Tabiiy bo‘yoqlar siri” kitobi

R.Mirzaaxmedov tomonidan yozilgan “Tabiiy bo‘yoqlar siri” kitobi

10 yillik izlanishlari natijasida R.Mirzaaxmedov tomonidan yozilgan “Tabiiy bo‘yoqlar siri” kitobi 2007 yilda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyixasi doirasida nashr etildi xamda ushbu kitob hunarmand ustalarga qo‘llanma sifatida ilk bor taqdim etildi. 2008 yil 17-21 iyul kunlari Amerikaning Kaliforniya shtati poytaxti San-Fransisko shahrida “OCELOT CLOTHING” gallereyasida kitobning inglizcha nashri taqdimoti o‘tkazilib, o‘zbek milliy hunarmandchiligi bo‘yicha o‘quv-seminarlar…

10 yillik izlanishlari natijasida R.Mirzaaxmedov tomonidan yozilgan “Tabiiy bo‘yoqlar siri” kitobi 2007 yilda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyixasi doirasida nashr etildi xamda ushbu kitob hunarmand ustalarga qo‘llanma sifatida ilk bor taqdim etildi.

2008 yil 17-21 iyul kunlari Amerikaning Kaliforniya shtati poytaxti San-Fransisko shahrida “OCELOT CLOTHING” gallereyasida kitobning inglizcha nashri taqdimoti o‘tkazilib, o‘zbek milliy hunarmandchiligi bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

R.Mirzaaxmedov 2009 yil Afg‘anistonning Qobul shahrida “Turkovus mauntin” fondi tarafidan tashkillangan seminar-treningda qatnashib, afg‘on hunarmandlariga to‘quvchilik va matoga gul solish jarayonlarini o‘rgatdi.

2010 yili “Tabiiy bo‘yoqlar siri” kitobi afg‘on tiliga tarjima qilinib, Qobul shaxrida tashkillangan taqdimotda qatnashdi va tabiiy ranglar bo‘yicha 12 nafar hunarmand uchun seminar o‘tqazdi.

R.Mirzaaxmedov 2011 yili mart oyida bo‘lib o‘tgan “Tashabbus-2011” Respublika ko‘rik-tanlovi Farg‘ona viloyat bosqichida o‘z mahsulotlari bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va Respublika ko‘rik-tanloviga yo‘llanma oldi. Respublikasi miqyosida esa ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi oilaviy biznes” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’yektlarini saqlash inspeksiyasida jamoatchilik asosida ish yuritib, shahardagi tarixiy obidalar, ziyoratgoh va qadamjolarni saqlash va obodonlashtirish ishlariga faollik ko‘rsatgan xamda uning Marg‘ilon tarixi va madaniy meros ob’yektlari tarixiga oid “Marg‘ilon zamini javohirlari” kitobi 2014 yilda 2000 nusxada nashr etilgan.

Janubiy Koreya Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy Komissiyasi xomiyligida 2015 yilda “Tabiiy ranglar texnalogiyasi” kitobi 1000 nusxada o‘zbek va ingliz tillarida nashr etildi.

2017 yil 4-9 dekabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Cheyju shahrida o‘tkazilgan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning XII sessiyasida Marg‘ilon xunarmandchilikni rivojlantirish markazi- atlas va adras tayyorlashni an’anaviy uslubini saqlash YUNESKOning nomoddiy madaniy merosning Ilg‘or tajribalar ro‘yxatiga kiritildi.(Ma’lumot uchun jaxonda YUNESKOning nomoddiy madaniy merosning Ilg‘or tajribalar ro‘yxatiga uchta ilg‘or tajriba saqlash uchun kiritilgan bo‘lib Xitoy, Indoneziya va O‘zbekistonda ushbu markaz)

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan Tashkent shahrida 2017 yil 23 iyun – 12 iyul kunlari Mirzaaxmedovlar sulolasiga bag‘ishlangan “Avlodlarni bog‘lovchi rishta” nomli ko‘rgazma va kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Islom Karimov nomidagi Fond o‘zining “Yo‘qotilgan jannatni izlab…” nomli yangi ko‘rgazma loyihasini taqdim etdi. Unutilib borayotgan o‘zbek chitgarligi san’atini tiklashga va rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘rgazma R.Mirzaaxmedovning xududlardan ilmiy izlanishlari natijasida to‘plagan chitgarlikka oid kolleksiyasi to‘planmalari asosida tashkil etilib 2017 yil 30 noyabrdan Toshkent fotosuratlar uyida R.Mirzaaxmedovning “Chitgarlik sirlari” kitobi taqdimoti bilan boshlanib katta qiziqish bilan 2017 yil 20 dekabrgacha davom etdi.

YUNSOKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “O‘zbek milliy chitgarlik san’ati” kitobi nashr etilishi arafasida bo‘lib, hozirda «XX asr va XXI asr boshida O‘zbekistonda to‘qimachilik» kitobi ustida ishlamoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati