Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-son qaroriga asosan 2023 yil 21 — 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Festivalning rasmiy veb-sayti handicrafters.uz Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-son qaroriga asosan 2023 yil 21 — 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Festivalning rasmiy veb-sayti handicrafters.uz Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023 yilning mart oyida tashkil etildi va unda ikki ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi.

Ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2023 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi va unda ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi. Dastlabki Forum va uning doirasida «An’anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2023 yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida II Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladigan kunlari tashkil etiladi. Forum rasmiy veb-sayti ceramicforum.uz

Author: Uyushma axborot xizmati