Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarida Moxidil  Raximova – g‘oliba!

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarida Moxidil  Raximova – g‘oliba!

16 noyabr kuni Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lishi bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish,…

16 noyabr kuni Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lishi bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan tanlov ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Ushbu tanlovda Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati yog‘och o‘ymakorligi fani ustoz-murabbiysi, O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, Moxidil  Raximova faol ishtirok etib,  “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominasiyasi g‘olibasi bo‘ldi.

Author: Uyushma axborot xizmati