Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich

Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unbayevich

1990 yild 4-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, shu yili Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumiga o‘qishga kirib, uni 1993 yili texnikumini tugallagan, so‘ngra Marg‘ilon shahridagi “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining to‘quvchilik syexiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kirgan. Mehnat faoliyatida tashkilotchiligi va fidoiyligi tufayli tez orada oddiy ishchilikdan “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining yigiruv syexiga, 1997 yilgacha boshchilik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining…

1990 yild 4-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, shu yili Marg‘ilon plan-iqtisod texnikumiga o‘qishga kirib, uni 1993 yili texnikumini tugallagan, so‘ngra Marg‘ilon shahridagi “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining to‘quvchilik syexiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kirgan. Mehnat faoliyatida tashkilotchiligi va fidoiyligi tufayli tez orada oddiy ishchilikdan “Sanoatchi” hissadorlik jamiyatining yigiruv syexiga, 1997 yilgacha boshchilik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31 martdagi 1741-sonli “Milliy Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish” to‘g‘risidagi Farmonidan bahramand bo‘lib, 1998 yilda “Hunarmand” uyushmasining Marg‘ilon shahar bo‘limiga a’zo bo‘lgan va mustaqil hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan.

R.Mirzaaxmedovning 1995-96 yillar davomida Buxoro shahrida “Tim Abdullaxon” madaniy meros ob’yektida buxoro adrasi to‘qidigan ustaxonani tashkil etib, XX asr boshlarida to‘qilish texnikasi yo‘qolib ketgan «A’lo baxmal» matosini qayta tikladi va bu mato 2005 yilda dunyoga mashxur dizayner Oskar De La Renta tomonidan kolleksiyasida foydalangani uchun YUNESKO shafeligida 2005 yil Buxoro shahrida Dunyo xunarmandlar Kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi xunarmandlari ko‘rik tanlovining final bosqichida 2-o‘rin va 3000 AQSH dollari mukofotni qo‘lga kiritdi.

R.Mirzaaxmedovning doimiy izlanuvchanligi va qadimiy an’anaviy matolarni tiklashdagi hizmatlarini inobatga olib, 2005 yilda YUNESKOning Toshkent vakolatxonasining Xivadagi Xorazmning “Turma-belbog‘” va “Alacha” matolarini qayta tiklash va to‘qimachilik maktabi tashkil etish loyixasiga raxbar etib yuborildi. Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”da Alloqulixon madrasasida o‘zining hunarmandchilik maktabini tashkil qilib, 20 dan ortiq shogird tayyorladi va 5000 metrdan ziyod qayta tiklangan mato ishlab chiqardi.

2006 yildan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Boysun hunarmandlari markazi”dagi to‘qimachilik ustaxonasida Boysunning “Janda” va “Tik” mato nushalarini, gilamchilik ustaxonasida “Oq-en” va “Taqir” gilam nusxalarini, kashtachilik ustaxonasida Boysunga xos dizaynlar asosida tabiiy ranglarda “So‘zana”, “Oyna xalta”, “Bo‘g‘joma”, “Zardevor” kabi kashtalarni tiklash loyixasi raxbari bo‘ldi va u tomonidan ushbu markazda 38 ish o‘rinlari yaratildi.

2007 yil mart oyidan Marg‘ilon shahridagi Said Ahmad Xoja eshon madrasasida YUNESKOning loyixasi raxbari sifatida ana’naviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirish uchun “Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi”ni tashkil etishga kirishdi va u bu yerda to‘quvchilik, gilamchilik, chitgarlik va kashtachilik ustaxonalari yo‘lga qo‘yib, 52 ishchi o‘rinlari yaratdi.

Author: Uyushma axborot xizmati