Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 2020 yil 10-24 mart kunlari Toshkent shahrida Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida R.Mirzaaxmedov ijodiga bag‘ishlangan “Matolarda aks etgan tabiat” nomli shahsiy ko‘rgazmasi o‘tkazildi

2020 yil 10-24 mart kunlari Toshkent shahrida Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida R.Mirzaaxmedov ijodiga bag‘ishlangan “Matolarda aks etgan tabiat” nomli shahsiy ko‘rgazmasi o‘tkazildi

2006-2018 yillarda Amerika Qo‘shma shtatlari Santa-Feda o‘tkaziladigan halqaro xunarmandlar ko‘rgazmasi ishtirokchisi. Koreya, Quvayt, Ummon sultonligi, Fransiya, Latviya davlatlarida o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda an’anaviy milliy mato to‘qimachiligini namoyish etgan. 2011 yili AQSHning Nyu York shaxridagi Milliy muzeyida xamda Xitoyning Xanchjou shaxridagi to‘qimachilik muzeyida R.Mirzaaxmedov ijodiga mansub matolar namunalari xamda u tarafidan tuhfa qilingan adras to‘qish dastgoxi saqlanadi. Bruney…

2006-2018 yillarda Amerika Qo‘shma shtatlari Santa-Feda o‘tkaziladigan halqaro xunarmandlar ko‘rgazmasi ishtirokchisi. Koreya, Quvayt, Ummon sultonligi, Fransiya, Latviya davlatlarida o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda an’anaviy milliy mato to‘qimachiligini namoyish etgan. 2011 yili AQSHning Nyu York shaxridagi Milliy muzeyida xamda Xitoyning Xanchjou shaxridagi to‘qimachilik muzeyida R.Mirzaaxmedov ijodiga mansub matolar namunalari xamda u tarafidan tuhfa qilingan adras to‘qish dastgoxi saqlanadi. Bruney sultoni galeriyasiga a’lo baxmal matosi kiritilgan.

YUNESKOning Marg‘ilon, Nukus va Qarshi shahrida tashkil etgan o‘quv seminarlarida tabiiy bo‘yoqlar ustasi sifatida maxorat darslari o‘tkazgan.

U rahbarlik qilgan “Marg‘ilon xunarmandchilikni rivojlantirish markazi” tashabbusi bilan YUNESKO shafeligida Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” halqaro festivali 2015-2018 yillarda yuksak saviyada o‘tkazildi. 2015 yilda ilk halqaro festivalda 10 ga yaqin davlatlardan mexmonlar kelgan bo‘lsa 2018 yildagi to‘rtinchi halqaro festivalga 25 dan ortiq davlatlardan soxa mutaxassislari hamda xunarmandlar tashrif buyurdilar.

2019 yilda “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i sifatida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Halqaro hunarmandlar festivali”ni o‘tkazishda tashkilotchilik sifatlarini ko‘rsatib halqaro festivalni yuksak darajada o‘tkazilishida o‘z xissasini qo‘shdi.

2009 yili “Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tumanlararo bo‘limi boshlig‘i, 2011 yildan Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i, 2017 yildan viloyat boshqarmasiga raxbar qilib o‘z ishlagan xududlarida hunarmandchilikni rivojlantirishda, “Hunarmandlar markaz”larini ishga tushirishda, hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirilishi natijasida hunarmandlar soni uch-to‘rt barobar oshishiga olib keldi.

R.Mirzaaxmedov O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga 17-Yangi bog‘ saylov okrugidan 2010-19 yillari, 2019 yildan buyon Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga 38-A.Aligavxarov saylov okrugidan deputati xisoblanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati