Qoraqalpoq xalqining milliy liboslaridan ko‘k ko‘ylak

Ko‘k ko‘ylak – to‘y kiyimlarining eng noyob va qadirlisi bo‘lib uni kiyishni orzu qilmagan qiz bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Bu ko‘ylakning naqshlari juda murakkab va katta ma’noga ega bo‘lgan. Ko‘k rangning o‘zi osmon rangi bo‘lib tirikchilikning ma’nosini bildirgan, oldiga solingan naqshlari har tomonga cho‘zilgan katta daraxt siymosi onaning, umrning asoschisi ekanligini ko‘rsatadi.  Bu naqshlarning ikkinchi bir…

Ko‘k ko‘ylak – to‘y kiyimlarining eng noyob va qadirlisi bo‘lib uni kiyishni orzu qilmagan qiz bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Bu ko‘ylakning naqshlari juda murakkab va katta ma’noga ega bo‘lgan. Ko‘k rangning o‘zi osmon rangi bo‘lib tirikchilikning ma’nosini bildirgan, oldiga solingan naqshlari har tomonga cho‘zilgan katta daraxt siymosi onaning, umrning asoschisi ekanligini ko‘rsatadi. 

Bu naqshlarning ikkinchi bir ma’nosi erta davrlarga borib taqaladi. Matriarxat davrida elini (vatanini) himoya qilgan opalarimiz sovut kiyib kamonlar otgan. Shu davrning saqlanib qolgan belgisi sifatida ko‘k ko‘ylakning oldidagi tutosh naqshni «sovut naqsh» deb atagan. Sovut odam tanasiga o‘q o‘tkazmaydi, ko‘k ko‘ylakdagi naqshlar kelinning yuziga tikilib qaragan yomon nazarlardan saqlaydi. Bu ko‘ylakni dengiz va daryo bo‘yida yashagan ovullarning qizlari ko‘proq tikishgan, bir ko‘ylakka naqsh tikish uchun 6-8 yillar sarflagan.

Bir ko‘k ko‘ylakni bir uyda yashovchi opa-singillar biridan so‘ng biri kiyib uzatilgan, ayrim paytlarda bir ovuldan ikkinchi ovulga berib qizlarga kiydirgan. Ko‘k ko‘ylak bir avlodning obro‘li va qadrli kiyimi hisoblangan, dastlab onasi, so‘ngra uning qizi, keyinchalik nevara qizlari kiyib avloddan-avlodga esdalik sifatida o‘tkazilgan. Ko‘k ko‘ylaklar xalqimiz orasida kam uchrab, hozirgi vaqtda I.V.Saviskiy muzeyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida, Moskva hamda Sankt-Peterburgdagi muzeylarda uchratsa bo‘ladi. I.V.Saviskiy nomidagi muzeyning etnografiya bo‘limi boshlig‘i Aygul Pirnazarova materiallari asosida tayyorlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati