"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Oʼzbekiston tumanidagi Xayotobod, Xasanobod qishloqlarida, Furqat tumanidagi Chirkay, Qizilqiyoq qishloqlarida namunaviy loyihadagi uy joylarda yogʼoch oʼymakorlik ishlarini bajardi

Oʼzbekiston tumanidagi Xayotobod, Xasanobod qishloqlarida, Furqat tumanidagi Chirkay, Qizilqiyoq qishloqlarida namunaviy loyihadagi uy joylarda yogʼoch oʼymakorlik ishlarini bajardi

Yunusov Muxamatali Yusupovich Toshkent shahridagi milliy bogʼdagi xalq amaliy sanʼati galeriyasining ayvonlari, Xazrati Imom majmuasi, Qatagʼon qurbonlari xotirasi muzeyi, Samarqand viloyatidagi Аl-Buxoriy majmuasi ayvonlari, Jizzax viloyatidagi “Ipak yoʼli” choyxona-oromgoxi, Oq-saroy choyxonasi, Quvasoy shaxrining Аrsiv qishlogʼida “Bolalar sanʼat saroyi”, Furqat tumani Chilgijiyda qishlogʼidagi choyxona-oromgoxi, Oʼzbekiston tumanidagi choyxona-oromgoxi, Yaypan shahri istirohat bogʼidagi choyxona-oromgohlaridagi milliy uslubda yogʼoch oʼymakorlik…

Yunusov Muxamatali Yusupovich Toshkent shahridagi milliy bogʼdagi xalq amaliy sanʼati galeriyasining ayvonlari, Xazrati Imom majmuasi, Qatagʼon qurbonlari xotirasi muzeyi, Samarqand viloyatidagi Аl-Buxoriy majmuasi ayvonlari, Jizzax viloyatidagi “Ipak yoʼli” choyxona-oromgoxi, Oq-saroy choyxonasi, Quvasoy shaxrining Аrsiv qishlogʼida “Bolalar sanʼat saroyi”, Furqat tumani Chilgijiyda qishlogʼidagi choyxona-oromgoxi, Oʼzbekiston tumanidagi choyxona-oromgoxi, Yaypan shahri istirohat bogʼidagi choyxona-oromgohlaridagi milliy uslubda yogʼoch oʼymakorlik ishlari, Prezidentimizning qarorlari asosida naʼmunaviy loyihalar asosida 2010-2012 yillarda Oʼzbekiston tumanidagi Xayotobod, Xasanobod qishloqlarida, Furqat tumanidagi Chirkay, Qizilqiyoq qishloqlarida namunaviy loyihadagi uy joylarda yogʼoch oʼymakorlik ishlarini bajardi. Qoʼqon shahridagi bolalar oʼyingohi ayvonlari, 2012 yilda 12-sonli harbiy shaharchasiga qarashli ikki qavatli oʼquv korpusi, omborxonasi, 2012-2013 yillarda Yaypan shahridagi FXDYo binosi, Fargʼona viloyati Satkak qishlogʼidagi “Qabullar uyi”, Fargʼona shaxridagi “Qoʼqon” choyxonasi qayta taʼmirlandi, Fargʼona shahridagi mehmonlarni kutib olish maskani ishlari, 2013 yil Ukraina poytaxti Kiev shahrida Oʼzbekiston Respublikasi elchixona binosida yogʼoch oʼymakorligidan yaratilgan milliy uslubdagi xovli va ichki ayvonlar, naqishli ustunlar, milliy soʼri, supa, darboza va har xil turdagi naqishli anjomlarni yaratdi, viloyat markaziy oʼyingohidagi 4 ta kirish eshiklarini, 2014 yilda Fargʼona shahridagi Uzumni qayta ishlash korxonasida, Fargʼona shahridagi “Baxt” uyda, Furqat tumanidagi “Аbduqahhor ota” ziyoratgohida, Toshkent shahridagi “Xon chorbogʼi” tepaligi hamda 2015 yilda Samarqand shahridagi “Xoji Doniyor” maqbarasi qayta tamirlash ishlarini bajargan. 2016 yilda Fargʼona tumanida 10 dona naqshinkor ustundan iborat “Fermerlar dam olish kompleksi”, Qoʼshtepa tumani 2 ta  milliy naqshinkor ustunlardan iborat “Dala shiyponi” qurib bitkazildi.

M.Yunusov milliy sanʼatimizni tiklash va davom ettirish maqsadida ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirib, milliy hunarmandchilik sirlarini 450 nafardan ortiq yoshlarga oʼrgatib, mustaqil xayotga yoʼllanma berdi, ayni kunda 50 dan ortiq shogirdlariga yogʼoch oʼymakorlik va bezak ishlarini oʼrgatib, korxonaga 60 dan ziyod kasanachi hunarmandlarni aʼzo qilib, yangi ish oʼrinlari yaratdi.

U xar yili oʼtkazilayotgan “Tashabbus” koʼrik-tanlovlarining faol ishtirokchisi boʼlib, tuman, viloyat va respublika bosqichilarida faxrli oʼrinlarni olib kelmoqda.

M.Yunusov tarbiyasi ogʼir bolalarning 4 nafarini oʼziga shogird qilib olib, ish bilan taʼminladi. Bundan tashqari qishloqda istiqomat qilayotgan nogironlar va kam taʼminlangan oilalarga dori-darmon, kiyim-bosh bilan taʼminlab, moddiy va maʼnaviy yordam berib kelmoqda.

Qoʼqonda oʼtayotgan birinchi xalqaro hunarmandlar festivali doirasida hunarmandlik koʼrik- tanlovida “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi boʼyicha birinchi oʼrin Muhammadali Yunusovga nasib etgandi

Uyushma Аxborot xizmati

[bvi]