Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi viloyatda yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish borasida fa’ol

“Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi viloyatda yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish borasida fa’ol

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʼnikmalarini singdirish, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari boʼyicha belgilangan 5 ta ustuvor tashabbusni ijrosini taʼminlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda Аndijon viloyatida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda yoshlarni bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik, hunarmandchilikka jalb etish hamda isteʼdodlarini roʼyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda “Hunarmand” uyushmasining Аndijon viloyat boshqarmasi ham fa’ol ishtirok etdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati