"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xonqa tumanida xalq amaliy san’ati ustasi Mansur Kuryazovdan xotin-qizlar va yoshlar uchun usta-shogird asosida hunar o‘rgatish o‘quv kursi tashkil etildi

Xonqa tumanida xalq amaliy san’ati ustasi Mansur Kuryazovdan xotin-qizlar va yoshlar uchun usta-shogird asosida hunar o‘rgatish o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda hunar o‘rganish o‘quv kurslari tashkil etilgan va etilmoqda. Bunda hunarga qiziqishi bor aholi ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar jalb etilmoqda. O‘quv kurslarida mahoratli hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari jalb etilgan. Joriy yilning 30 oktyabr kuni ana shunday o‘quv kurslardan navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda hunar o‘rganish o‘quv kurslari tashkil etilgan va etilmoqda. Bunda hunarga qiziqishi bor aholi ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar jalb etilmoqda. O‘quv kurslarida mahoratli hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari jalb etilgan.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni ana shunday o‘quv kurslardan navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘yinchoqlar yasash ustasi, xalq amaliy san’at ustasi Mansur Kuryazov ustaxonasida tashkil etildi. Usta hunarmand Mansur Kuryazovdan usta-shogird an’anasi asosida 5 nafar xotin-qizlar va 2 nafar yosh yigitlar hunar o‘rganishadi.

Uyushma Axborot xizmati