Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Alimova Arzixan Abdillayevna hunarmandchilik faoliyati haqida

Alimova Arzixan Abdillayevna hunarmandchilik faoliyati haqida

Alimova Arzixan Abdillayevna hunarmandchilik faoliyati bilan 1985 yildan buyon shug‘illanib kelmoqda, o‘z ishiga fidoyi va jonkuyar. Arzixan Alimova milliy quroqchilik hunarini hozirgi zamon ruhiga hamnafas qilib, kadimiy va zamonaviy yo‘nalishni birlashtirgan hunarmand ayol. Usta-shogird an’analari asosida shogirdlariga o‘z hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda, 10 dan ortik shogirdlari bor. Arzixan Alimova shahar, viloyat va Respublika tadbirlarida faol…

Alimova Arzixan Abdillayevna hunarmandchilik faoliyati bilan 1985 yildan buyon shug‘illanib kelmoqda, o‘z ishiga fidoyi va jonkuyar. Arzixan Alimova milliy quroqchilik hunarini hozirgi zamon ruhiga hamnafas qilib, kadimiy va zamonaviy yo‘nalishni birlashtirgan hunarmand ayol. Usta-shogird an’analari asosida shogirdlariga o‘z hunar sirlarini o‘rgatib kelmoqda, 10 dan ortik shogirdlari bor.

Arzixan Alimova shahar, viloyat va Respublika tadbirlarida faol ishtirok etib,milliy quroqchilikni san’at darajasiga olib chikib, bu yo‘nalishni bardavom bo‘lishini istaydi. Arzixan Alimova Qozog‘iston Respublikasi Taraz shahrida bo‘lib o‘tgan hunarmandlar festivalida faol ishtirok etib, qo‘shni respublikalarga mahsulotlarini eksportini yo‘lga qo‘ygan. Kelajakda Arzixan opa Orzixon hunarmandlar markazini tashkil qilish niyatida.

Author: Uyushma axborot xizmati