Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi

“Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi

Joriy yilning 22-avgust kuni O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Ko’rik tanlovda Namangan shahar va tumandagi faol hunarmand xotin-qizlarimiz ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etib ko’rik-tanlovning faxrli 3-o’ringa hamda faol ishtiroklari uchun esdalik sovg’alari olishga sazovor bo’ldilar. Jumladan: Chust tumandagi hunarmand Ne’matjanova Moxigul Yunusjon qizi 3-o’ringa loyiq deb topilib…

Joriy yilning 22-avgust kuni O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko’rik tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Ko’rik tanlovda Namangan shahar va tumandagi faol hunarmand xotin-qizlarimiz ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok etib ko’rik-tanlovning faxrli 3-o’ringa hamda faol ishtiroklari uchun esdalik sovg’alari olishga sazovor bo’ldilar.

Jumladan: Chust tumandagi hunarmand Ne’matjanova Moxigul Yunusjon qizi 3-o’ringa loyiq deb topilib ko’rik-tanlov g’olibi bo’ldi. Uchqo’rg’on tumanidagi hunarmand Qosimova Malikaxon Alisherovna, Pop tumanidagi hunarmand Ismoilova Maxliyo To’ychialievna ko’rik tanlovda faol ishtirok etgani uchun esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati