Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ma’lumki kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PQ-5033-son qarori qabul qilingan

Ma’lumki kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PQ-5033-son qarori qabul qilingan

Ushbu qarorga muvofiq «Hunarmand» uyushmasi tasarrufidagi «Craft and art» MCHJga ma’lum vazifalar belgilab berilgan hamda  ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 2021 yilda 5,0 milliard so‘m, 2022 yilda 5,0 milliard so‘m subsidiya ajratilishi belgilangan.  Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida MCHJ tomonidan 2021 yilda jami 4,4 milliard so‘mlik hunarmandchilik mahsulotlari harid qilindi. Shundan…

Ushbu qarorga muvofiq «Hunarmand» uyushmasi tasarrufidagi «Craft and art» MCHJga ma’lum vazifalar belgilab berilgan hamda  ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 2021 yilda 5,0 milliard so‘m, 2022 yilda 5,0 milliard so‘m subsidiya ajratilishi belgilangan.

 Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida MCHJ tomonidan 2021 yilda jami 4,4 milliard so‘mlik hunarmandchilik mahsulotlari harid qilindi. Shundan 1.4 milliardini kulolchili mahsulotlari  tashkil etadi. 

Joriy yilda ham O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, turizm rivojlangan viloyatilarida savdo do‘konlari va shourumlar,  tashkil etish, onlayn savdoni  rivojlantirish hamda kulollarni yanada rag‘batlantirish maqsadida  Rishton Xalqaro kulolchilik markazida faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlardan (01.03.2022 holatiga) 167 mln so‘mlik,  Respublikaning boshqa xududlaridan 121 mln. so‘mlik kulolchilik mahsulotlar xarid qilindi.

    Mahsulotlari xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi ko‘rgazma zali va savdo do‘konlariga yetkazilishidan barcha kulollar juda mamnun bo‘lishmoqda , –  deydi , biz bilan suhbatda «Craft and art» MCHJ rahbari Baxtiyor Allakov. 

Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda ,  xalq ustalarining mehnatini munosib rag‘batlantirish,  kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadidida  faoliyat olib borayotgan  «Hunarmand» uyushmasi tasarrufidagi «Craft and art» MCHJning  ishlariga rivoj tilaymiz.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati