Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Milliy katalogga kirgan usta-hunarmandlar qo‘llab quvvatlanmoqda

Milliy katalogga kirgan usta-hunarmandlar qo‘llab quvvatlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarorining 7-bandi bo‘yicha ko‘rgazma zallari, galeriyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar, faoliyatini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarida yer uchastkalari ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qo‘llanishi belgilangan.

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidan Milliy katalogga birinchilardan kiritilgan usta hunarmand O‘zbekiston Halq ustasi Yunusov Muxamadaliga hunarmandchilik ustaxonasi, uy-muzey hamda mahsulotlar galeriyasi binosi qurilishi uchun tuman hokimining 2020 yil 24 mart kunidagi №242-sonli qaroriga asosan Qo‘qonboy shaharchasi hududidan qishloq xo‘jaligidan bo‘sh turgan yerdan 0.60 gektar yer maydoni ajratib berildi. Majmuani qurish uchun viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjetdan 4.5 mlrd so‘m ajratilgan. Loyihalar ishlab chiqilib qurilish ishlari boshlangan. 2020 yakunida loyiha amalga oshirish orqali 200 dan ortiq yoshlar usta-shogird maktabi orqali bandligi ta’minlanadi.

Rishton tumanida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharofiddin Yusupovni Al- Roshidoniy ko‘chasidagi ustaxonasida uy-muzey va mahsulotlar galeriyasi qurilishi uchun  viloyat hokimligi 100.0 mln so‘mlik qurilish mahsulotlari 10 tonna syement, 20 ming pishgan g‘isht, 12 tonna armatura olib berdi. Uy-muzey va mahsulotlar galeriyasi bo‘ladigan qurilish 2020 yil yakungacha amalga oshirish rejalashtirilgan.

2020 yilda Rishton tumanida usta-kulol Rustam Usmonovni 800 mln so‘mlik qiymatdagi uy-muzey va hunarmandchilik galeriyasi, Marg‘ilon shahrida iyun oyida viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjetdan 18 mlrd so‘m ajratilib ishga tushirilgan, birinchi qavatida milliy mato ustalari, ikkinchi qavatida hunarmandchilik mahsulotlari galeriyasi, uchunchi qavatida gilam to‘qish ustalari faolyat ko‘rsatadigan “Hunarmandlar markazi”, hamda Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasi 157- uyda qiymati 200,0 million so‘m miqdorida usta hunarmand Xoshimov Abduvoxid tomonidan ochilgan “Margilan silk” galeriyasi Davlatimiz tomonidan berilgan hunarmandlarga imtiyozlar hamda imkonyatlar mevasidir.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati