Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida

Joriy yilning 26-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi 21-sonli umumtalim maktabida

 “Besh muhim tashabbus-kelajakka poydevor“ shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar ta’lim muassasalarida tashkil etilgan oʻquvchilarning ijodiy ishlar koʻrgazmalari, hunarmandchilik san’at namunalari va toʻgaraklar faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

Tadbirda yosh hunarmandlar oʻzlarining qoʻl mehnatlari bilan faol ishtirok qilishdi va tadbir oxirida homiylar tomonidan tashakkurnoma esdalik sovgʻalari hamda tikuv mashinalari  bilan taqdirlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati