Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi

Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi

Yig‘ilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.  “Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.  Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?  Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning…

Yig‘ilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

 “Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?

Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.

 Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?

 Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Author: Uyushma axborot xizmati