"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Farg‘ona viloyatida xizmat safarida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Farg‘ona viloyatida xizmat safarida

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Farg‘ona viloyatida xizmat safari davomida hunarmandlar bilan uchrashmoqda, yoshlar , ayollarni hunarmandchilikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv- seminarlarida ishtirok etib, hunarmandchilikka, tadbirkorlikka layoqati bor yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlashmoqda va yangi qurilayotgan hunarmandlar ustaxonalariga borib, ular faoliyati bilan tanishmoqda. Joriy yilning 8 yanvar kuni Uyushma rahbari Furqat…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Farg‘ona viloyatida xizmat safari davomida hunarmandlar bilan uchrashmoqda, yoshlar , ayollarni hunarmandchilikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv- seminarlarida ishtirok etib, hunarmandchilikka, tadbirkorlikka layoqati bor yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlashmoqda va yangi qurilayotgan hunarmandlar ustaxonalariga borib, ular faoliyati bilan tanishmoqda.

Joriy yilning 8 yanvar kuni Uyushma rahbari Furqat tumanida yog‘och o‘ymakorligi faoliyati bilan shug‘unlanuvchi O‘zbekiston xalq ustasi Muxamadali Yunusov bilan uchrashdi. Viloyatdagi mavjud “Usta-shogird” maktablari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ayniqsa halq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kirgan hunarmandlarning “Usta-shogird” maktablari faoliyatini kengaytirish maqsadida yoshlarni yog‘och o‘ymakorligi hunarini o‘rgatish bo‘yicha Furqat tumanida yog‘och o‘ymakorligi faoliyati bilan shug‘unlanuvchi O‘zbekiston xalq ustasi Muxamadali Yunusovga 0.60 gektar yer  hamda galereya-ustaxona-muzeyni jamlagan majmua tashkil etish uchun viloyat mahalliy byujetidan 4,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda ushbu majmua qurilishi boshlangan bo‘lib, 2021 yil 1 fevralda foydalanishga topshirilishi belgilangan. “Usta Yusufjon” nomidagi naqqoshlik va hunarmandchilik maktabi ishga tushirilgach 200 nafar yoshlarga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha hunar o‘rgatib boriladi. Uyushma rahbari  olib borilayotgan faoliyat bilan tanishdi va O‘zbekiston xalq ustasi Muxamadali Yunusov bilan suhbat jarayonida dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi, o‘zining ko‘rsatmalarini berdi va omad tiladi.

[bvi]