Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Maqsadimiz – maktab bitiruvchisi katta hayotga kasbi bilan qadam qo‘ysin

Maqsadimiz – maktab bitiruvchisi katta hayotga kasbi bilan qadam qo‘ysin

Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni kasbga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilgan edi. Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 xil turdagi kasb-hunar ro‘yxatlari shaklantirilib, o‘quv va amaliyot dasturi ishlab chiqilishi, buning uchun ustaxonalar joriy etilishi haqida alohida ta’kidlangan. Viloyatimizdagi ta’lim dargohlarida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, kasbiy ta’limlarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari va to‘garaklar tashkil etilmoqda. Viloyat rahbari…

Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni kasbga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilgan edi. Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 xil turdagi kasb-hunar ro‘yxatlari shaklantirilib, o‘quv va amaliyot dasturi ishlab chiqilishi, buning uchun ustaxonalar joriy etilishi haqida alohida ta’kidlangan. Viloyatimizdagi ta’lim dargohlarida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, kasbiy ta’limlarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari va to‘garaklar tashkil etilmoqda.

Viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonovning 1-maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida bitiruvchilar o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlar haqida aytib o‘tgan edilar. Mazkur suhbat davomida bitiruvchilar va texnologiya fani o‘qituvchisi tomonidan maktabda tikuvchilik bo‘yicha dual ta’limni yo‘lga qo‘yish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Hozirda mazkur maktab o‘quvchilari dars jarayonlari va  shuningdek, bo‘sh vaqtlarida tikuvchilikni ham o‘rganib, ham daromad topishlari uchun kerakli jihozlar bilan ta’minlangan ustaxonadan foydalanishmoqda. Imkoniyatlar yaratilmoqda, o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatlar quvonchli ko‘rinish olgan.

Author: Uyushma axborot xizmati