"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qo‘qon shahri va Beshariq tumanida yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida o‘quv-seminari tashkil etildi

Qo‘qon shahri va Beshariq tumanida yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida o‘quv-seminari tashkil etildi

      Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.       Ushbu tashabbus asosida…

      Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

      Ushbu tashabbus asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida hududlarda yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish orqali 2021 yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlash vazifasi belgilab berildi.

      Shu maqsadda, joriy yilning yanvar oyidan boshlab hududlarda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimini boshlanmoqda.

Bugun 2021 yil 8 yanvar kuni Qo‘qon shahri va Beshariq tumanida o‘quv seminarini tashkil qilishdan maqsad ham Qo‘qon shahri va va Beshariq tumanida yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka faol jalb qilish, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, siz ishtirokchilarni kasbga tayyorlashdan iborat.

      Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

O‘quv-kurs davomida ishtirokchilarga nazariy bilimlar berish bilan birga Savdo-sanoat palatasida shakllantirilgan 500dan ortiq namunaviy biznes loyihalar taqdim qilindi.

Yoshlar forumida Prezidentimiz «Usta-shogird» an’anasini kuchaytirish orqali yoshlarga hunar o‘rgatishga alohida e’tibor qaratdilar.

      Respublikamizning har bir xududida yangi “Usta-shogird” maktablari tashkil etiladi va bu yerda siz kabi yoshlarga usta hunarmandlar o‘z hunar sirlarini bepul o‘rgatadilar.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Mikrokreditbank” kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qib, sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratishni hamda bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga berilishi va bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 45 million dollarlikmikrokreditlar ajratilishi tayinlandi.

      2020 yil davomida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan respublikaning 40 ta tumanida qisqa muddatli hunarmandchilik o‘quv kurslari tashkil etildi va ularda 400 nafarga yaqin yosh xotin qizlarga hunar o‘rgatildi. Ushbu shogirdlarning 54 nafari turli millatlarga (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, tatar va turk) mansubdir. Ushbu kurslar uyushma tomonidan moddiy rag‘batlantirildi. Shuningdek, respublikadagi barcha mehribonlik uylarida “Milliy Katalog”dagi 21 nafar hunarmandlarni jalb qilgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.