Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «ATLAS BAYRAMI» V an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi

«ATLAS BAYRAMI» V an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tadi

Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Ushbu festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda. Festivalda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi. Ta’kidlanishicha, joriy yilda festival dasturi…

Farg‘ona viloyati hokimligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Ushbu festivalda Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda. Festivalda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirilgan. Unda butun O‘zbekistondan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratini namoyish etadi.

Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an’anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati