Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > 15 iyun kuni Toshkent shahrida Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

15 iyun kuni Toshkent shahrida Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

Oliy Majlis Senati taqdim etadi! Hurmatli yurtdoshlar, Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti doirasida joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanish sari hotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston yetakchi va tadbirkor ayollari, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot…

Oliy Majlis Senati taqdim etadi!

Hurmatli yurtdoshlar, Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti doirasida joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanish sari hotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston yetakchi va tadbirkor ayollari, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki yuqori darajadagi vakillari va xalqaro ekspertlari ishtirokida tashkil etiladigan tadbir doirasida ishbilarmon ayollar ko‘rgazmasi, tematik anjuman va B2B formatdagi kooperasion birja bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlarda sanoat, xizmat ko‘rsatish, turizm, savdo, qishloq xo‘jaligi, amaliy san’at, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 300 dan ziyod Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonlik tadbirkor ayollar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama etishlari va tegishli kelishuvlarga erishishlari ko‘zlangan.

Forumda barqaror rivojlanish sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan «Yo‘l xaritasini» qabul qilinishi ham kutilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati