Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Shu maqsadda, Konstitusiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishini, davlat ichki va xalqaro savdo rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratishini mustahkamlashimiz shart

“Shu maqsadda, Konstitusiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishini, davlat ichki va xalqaro savdo rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratishini mustahkamlashimiz shart

Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanini Konstitusiyada mustahkamlashni taklif etaman.  Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investisiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta’minlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlashi lozim. Shu bilan birga, Asosiy…

Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanini Konstitusiyada mustahkamlashni taklif etaman. 

Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investisiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta’minlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini kafolatlashi lozim.

Shu bilan birga, Asosiy qonunimizda yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi aniq belgilanishi lozim, deb hisoblayman.

Qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi davlat tasarrufida bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara shartnomasi asosida beriladi, degan mazmundagi norma ham Konstitusiyamizda aks etishi albatta o‘rinli bo‘lar edi”.

Author: Uyushma axborot xizmati