Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligiga bag’ishlab #”Mustaqil yurt hunarmandlari” deb nomlangan chelendj e’lon qiladi.

O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligiga bag’ishlab #”Mustaqil yurt hunarmandlari” deb nomlangan chelendj e’lon qiladi.

Chelendj oʼtkazishdan maqsad qadimiy urf-odat va anʼanalarimizni asrab-avaylash, mohir hunarmandlar yaratgan uslub va maktablarni yanada ommalashtirish, xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilikning nodir namunalaridan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni bahramand qilish, hunarmandlar faoliyatini qoʼllab-quvvatlashdan iborat. Chelendjda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar, xalq amaliy sanʼati ustalari, ularning shogirdlari, yosh hunarmandlar, hunarmandchilik bilan shugʼullanayotgan xotin-qizlar…

Chelendj oʼtkazishdan maqsad qadimiy urf-odat va anʼanalarimizni asrab-avaylash, mohir hunarmandlar yaratgan uslub va maktablarni yanada ommalashtirish, xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilikning nodir namunalaridan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni bahramand qilish, hunarmandlar faoliyatini qoʼllab-quvvatlashdan iborat.

Chelendjda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar, xalq amaliy sanʼati ustalari, ularning shogirdlari, yosh hunarmandlar, hunarmandchilik bilan shugʼullanayotgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.

#“Mustaqil yurt hunarmandlari” chelendjida mustaqillik yillarida  sohada amalga oshirayotgan islohotlar jarayonlarini, xalq amaliy sanʼatining barcha yoʼnalishlarini yanada rivojlantirishdagi oʼrningizni, bu borada shakllangan ijod maktablari anʼanalarini oʼrganish va boyitish borasida izchil  amalga  oshirayotgan ishlaringizni taʼkidlab oʼting.

Chelendjda faol ishtirok eting.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati