Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugun 7 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

Bugun 7 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani

Bugun 7 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “ Abul-Muin Nasafiy” ziyoratgohida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda yosh hunarmand Ra’no Husanova Shavkatovnaning shaxsiy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi mutaxassisi D.Amanova, Qarshi tumanidagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘ini xotin -qizlar faollari, Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari oila va xotin -qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Abdiraximova ishtirok etdi.

Author: Uyushma axborot xizmati