Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmand ayol oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan

Hunarmand ayol oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan

Tumanimizning Narpay mahallasida yashovchi Zilola Rustamova uzoq yillardan buyon sunʼiy gullar va esdalik buyumlari yasash bilan shug‘ullanadi. Yaqinda, uni Xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi Narpay tumani filialiga aʼzo sifatida qabul qilishdi. Hozircha, ish faoliyatini faqat oila aʼzolari bilan olib borayotgan tadbirkor ayol, ushbu buyumlarni yasashning o‘zidan, oyiga 5 million so‘mgacha daromad oladi….

Tumanimizning Narpay mahallasida yashovchi Zilola Rustamova uzoq yillardan buyon sunʼiy gullar va esdalik buyumlari yasash bilan shug‘ullanadi. Yaqinda, uni Xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi Narpay tumani filialiga aʼzo sifatida qabul qilishdi.

Hozircha, ish faoliyatini faqat oila aʼzolari bilan olib borayotgan tadbirkor ayol, ushbu buyumlarni yasashning o‘zidan, oyiga 5 million so‘mgacha daromad oladi. Kelgusida u o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xalqimizga yangicha ijod namunalarini yetkazib berish niyatida.

Author: Uyushma axborot xizmati