Iroqi do‘ppi

Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Do‘ppining bu turida kashta iplari sug‘urilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari…

Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Do‘ppining bu turida kashta iplari sug‘urilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi.

Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbul)lar shaklidan iborat. Toshkentning iroqi do‘ppisida oq zaminga atirgullar to‘q va och qizil ipaklarda (ba’zan «Ra’no», «Guli», «Farg‘ona tong otguncha» va boshqa) yozuvlar qo‘shib tikiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati