Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Jumayev Shonazar Ravshanovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

Jumayev Shonazar Ravshanovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

Jumayev Shonazar Ravshanovich yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan 2007 yildan buyon shug‘ullanib kelmoqda. U o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimizning madaniyati  va boy an’analarini dunyoga tanitishda fidokorona mehnat qilib, bosh kiyimlari tayyorlash san’atini rivojlantirish, uni butun dunyoga namoyish etish, ushbu noyob hunar sirlarini kelgusi avlodga yetkazish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mohir hunarmand, yog‘och o‘ymakorligi…

Jumayev Shonazar Ravshanovich yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan 2007 yildan buyon shug‘ullanib kelmoqda. U o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati bilan mamlakatimizning madaniyati  va boy an’analarini dunyoga tanitishda fidokorona mehnat qilib, bosh kiyimlari tayyorlash san’atini rivojlantirish, uni butun dunyoga namoyish etish, ushbu noyob hunar sirlarini kelgusi avlodga yetkazish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mohir hunarmand, yog‘och o‘ymakorligi san’atida murakkab ishlab chiqarish jarayonlariga boy, naqsh va arnamentlarni ifodalashda qunt va sabr talab etadigan, qo‘l mehnatini taqozo etadigan mashaqqatli ishni mohirona bajarib kelmoqda.

U faoliyati davomida qilgan moxirona mexnatlari bois bir qator yutuqlarga erishib kelmoqda natijada bir qator naminisiyalar bo‘yicha mukofotlangan.

Jumayev Shonazar Ravshanovich  hunarmand usta sifatida Respublika hunarmandlari va soha mutaxassislari o‘rtasida e’tirof qilinib, tuman, viloyat va Respublika hunarmandlari o‘rtasida hurmat qozongan. Bugungi kunda tuman Hunarmandlar uyushmasining eng faol va zukko hunarmandi hisoblanadi.

Yog‘och o‘ymakorligi milliy naqshlarni tabiat bilan o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda  davr bilan hamnafas zamonaviy-yangicha ish uslublari ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.

Faoliyati davomida milliy yog‘och o‘ymakorligi san’atida bajariladigan kompozisiyalar ustida ishlab, 300 dan ortiq naqsh turlarini bajargan va yaratgan.

Uy sharoitida ishlab chiqarish sexi ochib, 15 nafardan ortiq yog‘och o‘ymakorligi qiziquvchan yoshlarga sirlarni o‘rgatib bugungi kunga qadar milliy xunarmanchilik faoliyatini keng tarqalishiga o‘z hissasini  qo‘shib kelmoqda.
Viloyat va tumanga tashrif buyurgan rasmiy mehmonlar tomonidan uning asarlari, yaratgan ishlariga yuqori baho berilgan.

Milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan yog‘och o‘ymakorligi san’atini kelajak avlodga to‘laqonligicha yetkazish maqsadida 10 dan ortiq shogird tayyorlagan.

Author: Uyushma axborot xizmati