"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Umarova Xidoyatxon Mo‘minovna “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Umarova Xidoyatxon Mo‘minovna “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Umarova Xidoyatxon 2017 yildan Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi. Umarova Xidoyatxon milliy va an’anaviy do‘ppido‘zlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, 100 dan ortiq yoshlarni do‘ppido‘zlik hunariga o‘rgatib, o‘z san’atini keng targ‘ib qilib kelayotgan usta hunarmandlar, tashabbuskor ustalardan biridir. Unga avloddan-avlodga do‘ppido‘zlik hunari o‘tib kelgan bo‘lib, do‘ppido‘z Soliyeva Ibotatxon buvisidan o‘rgangan. Umarova Xidoyatxon ustaxonasi Marg‘ilon  shahridagi Said…

Umarova Xidoyatxon 2017 yildan Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi.
Umarova Xidoyatxon milliy va an’anaviy do‘ppido‘zlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, 100 dan ortiq yoshlarni do‘ppido‘zlik hunariga o‘rgatib, o‘z san’atini keng targ‘ib qilib kelayotgan usta hunarmandlar, tashabbuskor ustalardan biridir.

Unga avloddan-avlodga do‘ppido‘zlik hunari o‘tib kelgan bo‘lib, do‘ppido‘z Soliyeva Ibotatxon buvisidan o‘rgangan. Umarova Xidoyatxon ustaxonasi Marg‘ilon  shahridagi Said Axmad Xo‘ja Eshon ko‘chasi 1 uydagi “Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi” bo‘lib, bu yerga doimiy tashrif buyuradigan horijiy mehmonlarga avlodi saqlab kelayotgan do‘ppido‘zlik san’atini namoyish etib keladi.

Umarova Xidoyatxon buvisidan qadimdan avlodi saqlab kelayotgan  iroqi uslubida tikib kelingan “Qizlarjon”, “Bahor”, “Gullola”, “Gulnoz” kabi nusxalarga yangidan jilo berib, ustaxonaga tashrif buyuradigan mehmonlarda keng tasurot qoldirmoqda.

2019 yilda Marg‘ilon shahrida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkillangan “An’anaviy hunarmandchilik va tadbirkorlik bo‘yicha” seminari qatnashchisi. Ushbu o‘quv seminarda olgan bilimlarini avlodidan o‘tib kelayotgan do‘ppido‘zlik hunari bilan birlashtirib, 2019-2021 yillar davomida 100 dan ortiq shogirdlar tayyorlagan.

[bvi]