Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Har qanday inson uchun muhim va muqaddas qadriyat – bu  uning oilasidir. Sog‘lom va mustahkam oila – davlat tayanchi va jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir

“Har qanday inson uchun muhim va muqaddas qadriyat – bu  uning oilasidir. Sog‘lom va mustahkam oila – davlat tayanchi va jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir

Kattaga hurmat, kichikka izzat, odamiylik, mehr-oqibat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat kabi olijanob fazilatlar avvalo oilada qaror topadi. Bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora kuchaymoqda.  Bosh qomusimizda oila institutining konstitusiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi…

Kattaga hurmat, kichikka izzat, odamiylik, mehr-oqibat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat kabi olijanob fazilatlar avvalo oilada qaror topadi.

Bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora kuchaymoqda. 

Bosh qomusimizda oila institutining konstitusiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch bo‘g‘ini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qo‘yishni taklif etaman.

Shuning uchun davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berishi lozim.

Shunda oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslari yanada mustahkam bo‘ladi”.

Author: Uyushma axborot xizmati