Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi Craft Fair Uzbekistan 2022

Xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi Craft Fair Uzbekistan 2022

Toshkent shahrining “UzExpoCenter” uchinchi pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka “Hunarmand” uyushmasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida o‘tkaziladi. Yarmarka uch kun davom etadi: • 30 noyabr, 10:00-18:00 – Ish kuni. Qabul qiluvchilar, matbuot va GR uchun kirish; • 01 dekabr, 10:00-18:00 – Shaxsiy…

Toshkent shahrining “UzExpoCenter” uchinchi pavilionida «CRAFT FAIR UZBEKISTAN» xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka “Hunarmand” uyushmasi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Yarmarka uch kun davom etadi:
• 30 noyabr, 10:00-18:00 – Ish kuni. Qabul qiluvchilar, matbuot va GR uchun kirish;
• 01 dekabr, 10:00-18:00 – Shaxsiy tashrif buyuruvchilar uchun kirish;
• 02 dekabr, 10:00-16:00 – Shaxsiy tashrif buyuruvchilar uchun kirish.

Tashkilotchilar – “Hunarmand” uyushmasi hamda O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Ko’rgazma mehmonlari Markaziy Osiyoning barcha hududlari va qo’shni davlatlardan kelgan hunarmandlar mahsulotlari bilan tanishib, xarid qilishlari mumkin bo’ladi.

O`zbekistonning turli hududlariga xos bo’lgan
• kashtachilik
• kulolchilik,
• misgarlik,
• yog’och o’ymakorligi,
• gilamchilik,
• milliy matolar,
• miniatyura va boshqalar.

Ustalar qo’lida tayyorlangan noyob mahsulotlar va yaqinlaringiz uchun yangi yil sovg’alarini xarid qilish mumkin bo’ladi. Shuningdek, ko‘rgazma-yarmarka doirasida barcha uchun hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi va o’zingizning mahsulotingizni yaratishingiz mumkin bo’ladi.

Markaziy Osiyodagi yilning eng muhim hunarmandchilik tadbiri “Craft Fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini o’tkazib yubormang. Kirish hamma uchun bepul.

Biznes imkoniyatlarni kengaytirish imkoniyatidan foydalanib qoling!

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279 8088, +99890 408 4069

 

Author: Uyushma axborot xizmati